O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovning institut mehnat jamoasi va talabalarga bayram tabrigi

Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar, aziz talabalar!

Sizlarni eng ulug‘, eng aziz ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ to‘yi bilan tabriklayman.

Mustaqillik – xalqimizning asriy orzulari ro‘yobi, milliy o‘zligimiz, g‘urur va sha’nimiz, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimiz uchun mustahkam poydevor sifatida hammamiz uchun qadrlidir. O‘tgan 35 yillik tariximizga nazar tashlar ekanmiz, Vatanimiz va xalqimiz har bir sohada, ayniqsa, ilm-fan va ta’lim tizimida olamshumul yutuqlarni qo‘lga kiritganiga guvoh bo‘lamiz.
Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oliygohlarga berilgan akademik va moliyaviy mustaqillik, xalqaro hamkorlikning kengayishi hamda raqamlashtirish jarayonlari mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab berdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti ham ushbu islohotlar chorrahasida jadal rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda institutimiz xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash, ko‘p tillilik muhitini rivojlantirish va xorijiy nufuzli universitet va ilmiy markazlar bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirishda yuksak natijalarga erishmoqda. Ustozlarimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning ilm-fanga, xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi natijasida talabalarimiz xalqaro granlar, nufuzli stipendiyalar va tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, oliygohimiz nomini dunyoga tanitmoqda.

Oliy ta’lim va ilm-fanga kiritilayotgan sarmoya – bu yurtimizning porloq kelajagiga, Uchinchi Renessans poydevoriga qo‘yilayotgan eng mustahkam g‘ishtdir.

Aziz ustozlar va qadrli talabalar!

Ushbu qutlug‘ bayram kunlarida ilmiy va ijodiy faoliyatingizda, o‘qish va ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin! Yangi O‘zbekistonimizning shon-sharafini yanada yuksaltirish yo‘lidagi ezgu ishlaringizga Alloh madakor bo‘lsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga totuvlik, xonadoningizga qut-baraka tilayman.

Hurlik, ozodlik va istiqlol bayrami muborak bo‘lsin!

Bahodir XOLIQOV,

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor

 

 

Share:
2026-08-29 18:55:49 195