Oliygohning 6 nafar talabasi Yaponiyada o‘qish uchun yo‘l olishdi

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Yaponiyaning Tsukuba hamda Shinshu universitetlarida talabalar almashinuvi dasturi doirasida tahsil olish uchun jo‘nab ketayotgan talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

2026-2027-o‘quv yilida institutning 6 nafar talabasi akademik mobillik dasturi asosida Yaponiyaning nufuzli hamkor universitetlarida tahsil olishadi. Ulardan 5 nafari Tsukuba universitetida, 1 nafari Shinshu universitetida o‘qishini davom ettiradilar.

Uchrashuv davomida rektor talabalarni ushbu muhim yutuq bilan tabriklab, xorijda tahsil olish davrida mamlakatimiz, xalqimiz hamda institutimizni munosib namoyon etishlari, berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari, orttirgan bilim va tajribalarni oliygohga qaytgach hayotga joriy etishlari haqida ta’kidladi. Shuningdek, ota-onalar bilan talabalarning Yaponiyadagi ta’lim jarayoni, yashash sharoiti, xavfsizligi hamda akademik mobillik davrida institut bilan doimiy aloqada bo‘lib turish masalalari yuzasidan suhbatlashildi.

Uchrashuv yakunida talabalarga oq yo‘l, muvaffaqiyatli ta’lim va katta yutuqlar tilandi.

Samarqand davlat chet tillar isntituti Axborot xizmati

 

Share:
2026-09-11 16:48:11 18