SamDCHTIda yuqori bosqich talabalari uchun o‘quv jarayonlari boshlandi

Ingliz tili fakultetida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori bosqich talabalarining o‘quv jarayonlari boshlanishiga bag‘ishlandi. Institut rektori Bahodir Xoliqov professor-o‘qituvchilar va talabalarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etib, ularning ilmiy va ijodiy faoliyatlari hamda o‘qish va ishlariga omad tiladi.

Ta’lim jarayonidagi tizimli islohotlar, xalqaro hamkorlik, ilmiy-pedagogik faoliyat va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. Tadbirda yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shundan so‘ng oliygohda o‘quv jarayonlari boshlandi. Talabalarga o‘quv reja asosida majburiy va tanlov fanlari, amaliy mashg‘ulotlar, kasbga yo‘naltirish jarayonlari va shaxsiy ta’lim yo‘nalishini shakllantirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-09-14 15:03:27 16