Ispan tilida: Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. U oilada to‘rt o‘g‘il va to‘rt qizning eng kenjasi bo‘lgan.
Fransuz tilida: 1958-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan, 1963-yilda esa Toshkent davlat universitetining Jurnalistika yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Nemis tilida: U mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matnining muallifi hisoblanadi.
Ingliz tilida: Abdulla Oripovning respublika matbuotida bosilgan eng ilk she’ri “Qushcha” deb atalgan.
Rus tilida: Shoirning birinchi she’riy kitobi 1965-yilda “Mitti yulduz” nomi bilan nashr etilgan.
Turk tilida: 1983-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni, 1998-yilda esa mamlakatimizning oliy mukofoti – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
Arab tilida: U dunyo adabiyotining durdonasi bo‘lmish Dantening “Ilohiy komediya” asarini, shuningdek, A. Pushkin, T. Shevchenko, N. Nekrasov va Q. Quliyev she’rlarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilgan.
Xitoy tilida: 1996-yildan 2009-yilgacha Abdulla Oripov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi sifatida ishlagan, shuningdek, Oliy Kengash va Oliy Majlis deputati hamda Senat a’zosi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Koreys tilida: AQShda joylashgan Fan, ta’lim, sanoat va san’at xalqaro akademiyasining a’zosi va Yaponiyaning Soka universiteti professori bo‘lgan.
Italiyan tilida: Dante asari tarjimasi va adabiyotdagi xizmatlari uchun 2015-yilda Italiya prezidenti qaroriga ko‘ra “Italiya yulduzi” ordeni bilan mukofotlangan.
Yapon tilida: Shoir nafaqat she’rlar, balki “Sohibqiron” she’riy dramasi hamda “Jannatga yo‘l”, “Hakim va ajal”, “Ranjkom” kabi mashhur dostonlar muallifi hamdir.
O‘zbek tilida: Abdulla Oripov 2016-yil 5-noyabrda 75 yoshida AQShning Xyuston shahrida vafot etgan va Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga yuksak ehtirom bilan dafn etilgan.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
