






2025-yil 4-sentabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston va Latviya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Latviyaning Daugavpils universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.
Mazkur hujjat doirasida Daugavpils universiteti professor-o‘qituvchilari SamDChTI o‘quv jarayonlariga faol jalb etilmoqda.
Joriy yilning 21–24-sentabr kunlari ushbu universitetning 5 nafar yetakchi mutaxassisi (Mārīte Kravale-Pauliņa, Ilze Kacane, Irina Presnyakova, Ilze Olehnovica hamda Yelena Semenets) ma’ruza o‘qish va seminar-treninglar o‘tish uchun institutga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida xorijlik mutaxassislar Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalari uchun qiziqarli ma’ruzalar o‘qishdi.Fakultet professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Latviyalik hamkorlarning navbatdagi tashriflari Narpay xorijiy tillar hamda Roman-german tillari fakultetlarida davom etishi rejalashtirilgan.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
