XALQIMIZ ISTIQLOLI YO‘LIDA KURASHGAN, SAMARQAND ADABIY MUHITINING ISTEʼDODLI VAKILI, JURNALIST, SHOIR, DRAMATURG VA TARJIMON HOJI MUIN HAQIDA 12 TILDA 12 TA MUHIM FAKT


 

1. Turk tilida: Hoji Muin 1883-yil 19-martda Samarqandda tug‘ilgan. U milliy uyg‘onish davri adabiy muhitining yorqin vakillaridan biridir.

2. O‘zbek tilida: Hoji Muin o‘qituvchilik faoliyati davomida Samarqanddagi ilk jadid maktablaridan birini ochgan va yangi usul ta'limini rivojlantirish yo‘lida “Rahnomai savod” alifbo kitobini yaratgan.

3. Ispan tilida: Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Samarqand” gazetasi va “Oyna” jurnalida faoliyat yuritgan. 1914-yilda “Tarbiyat” nomli xususiy maktab ochgan. Ushbu maktabda zamonaviy fanlar va yangi usulda ta’lim berishni yo‘lga qo‘ygan.

4. Xitoy tilida: Ma’rifatparvar 1914-yilda “Guldastai adabiyot” she’riy to‘plamini chop ettirgan. Bu kitob uning adabiy iste’dodini namoyon qilgan ilk yirik asarlardan biri hisoblanadi.

5. Yapon tilida: Hoji Muin 1916-yilda mardikorlikka safarbar etilgan. I-jahon urushi davrida front ortidagi og‘ir ishlarda qatnashgan jadid ziyolilaridan biri.

6. Koreys tilida: Ijodkor 1918-yil 11-iyunda “Mehnatkashlar tovushi” gazetasiga asos solgan va ushbu gazetaning mas’ul muharriri bo‘lgan.

7. Arab tilida: U “Tayoq” hajviy jurnalining tashkilotchisidir. Bu jurnal o‘z davrining eng qiziqarli satirik nashrlaridan biri hisoblangan.

8. Ingliz tilida: Hoji Muin 1924-yilda “Mashrab” hajviy jurnalini ta’sis etgan. Jurnal tahririyati ko‘plab yosh hajvchi ijodkorlarni tarbiyalagan.

9. Fransuz tilida: Shoir 1500 taga yaqin she’r yozgan. Ijodkorning o‘zi bergan ma’lumotiga ko‘ra, she’rlarining bir qismi o‘zbekcha, bir qismi tojikcha bo‘lgan.

10. Nemis tilida: Jurnalist sifatida Hoji Muin 23 xil gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. U dolzarb mavzularda 200 dan ortiq maqola va 400 ga yaqin xabar e’lon qilgan.

11. Italyan tilida: Hoji Muin dramaturg sifatida 7 ta drama yaratgan. “Eski maktab – yangi maktab”, “Mazluma xotin”, “Ko‘knori” va “To‘y” pyesalari Hoji Muinning eng mashhur sahna asarlari hisoblanadi.

12. Rus tilida:Tarjimon sifatida ham milliy adabiyotimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan. Ijodkor Abdurauf Fitratning “Buxoro sayohati” asarini tojik tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-09-23 16:19:33 44