“Tinchlik – eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” mavzulariga bag‘ishlangan targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat chet tillar institutida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” mavzulariga bag‘ishlangan targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uni institut rektori B. Xoliqov olib bordi. So‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i S. Boymurodov bugungi global axborot muhitida yoshlar ongi va dunyoqarashiga turli axborotlar kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Yoshlar yot g‘oyalar hamda axborot xurujlari ta’siriga tushib qolmasliklari uchun ularda mustahkam ma’naviy immunitet va aniq hayotiy pozitsiyani shakllantirish zarurligi uqtirildi.

Mamlakatimiz va mintaqada tinchlikni saqlashning o‘rni hamda unga rahna soluvchi turli omillar xavfi hayotiy misollar vositasida atroflicha tahlil qilindi. Mutaxassislar tomonidan diniy ekstremizm va terrorizmning mohiyati, ularning jamiyat tinchligi, mamlakat barqarorligi hamda inson hayotiga yetkazadigan salbiy oqibatlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.


Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-09-29 14:44:02 43