Xorijiy tillar fan olimpiadasining institut bosqichi bo‘ldi

Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar o‘rtasida tashkil etilgan xorijiy tillar fan olimpiadasining institut bosqichi bo‘ldi.

Iqtidorl talabalar ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab va turk tillari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini yozma va og‘zaki tarzda sinovdan o‘tkazishdi.

Maxsus ishchi guruh hamda tajribali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhi jarayonlarni to‘liq nazorat qilishdi. Natijada olimpiadaning adolatli, shaffof va yuqori saviyada o‘tishi ta’minlandi. 

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati 

Share:
2026-10-02 16:24:34 209