AQShning Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida Samarqand davlat chet tillar institutida ingliz tili o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan seminar-trening AQShlik taniqli mutaxassis Sarah Dietrich tomonidan olib borildi. Tadbirga Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik hamda Ingliz tili fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminar-treningda talabalarnining fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish usullari, zamonaviy va samarali interfaol ta’lim metodlari, ta’lim sifatini oshirishda pedagog-o‘qituvchilar oldida turgan ustuvor vazifalar kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan bunday ochiq muloqot va amaliy mashg‘ulotlar institut pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish hamda talabalarga sifatli zamonaviy bilim berishga xizmat qilmoqda.




Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
