“O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvining navbatdagi soni buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Bahodir Yalangto‘sh shaxsiyatiga bag‘ishlandi.
Samarqand shahridagi muhtasham Registon maydonida suratga olingan mazkur ko‘rsatuvda Samarqand davlat chet tillar instituti “Qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi mudiri, professor Erkin Musurmonov ishtirok etdi.
Suhbat davomida E. Musurmonov buyuk bobomiz Bahodir Yalangto‘shning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni, uning harbiy mahorati hamda Samarqand me’morchiligi durdonalari – Sherdor va Tillakori madrasalarining bunyod etilishidagi beqiyos xizmatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

.jpg)




Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
