Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Rossiya Federatsiyasining Oltoy davlat pedagogika universiteti Faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Oltoy davlat pedagogika universiteti oʻrtasida 2019-yildan buyon taʼlim va ilm-fan sohasida samarali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib kelmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida professor-oʻqituvchilar hamda tadqiqotchilar almashinuvi, talabalar akademik mobilligi dasturlari va "2+2" shaklidagi xalqaro qoʻshma taʼlim dasturlari muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu yuksak unvon ikki oliy dargoh jamoalari oʻrtasidagi doʻstona aloqalar, ilmiy-pedagogik hamkorlik hamda taʼlim sifatini oshirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarning munosib eʼtirofidir.



.jpg)
.jpg)



Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
