
"Rektor stipendiyasi" tanlovida oliygohning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining (kunduzgi ta’lim shakli) 2-, 3-, 4-kurslarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlar tanlovda qatnashish tartib-qoidalari va mezon talablari asosida barcha hujjatlarni o'zi tahsil olayotgan fakultet dekanatiga joriy yilning 20-oktabr kuniga qadar topshirishlari lozim.
Quyidagi hujjatlar talab etiladi:
👉 sinov daftarchasidan ko‘chirma (transkript);
👉 kafedra tavsiyanomasi;
👉 ilmiy (ijodiy) rahbarning tavsiyanomasi;
👉 ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
👉 ma’lumotnoma;
👉 pasport nusxasi.
Nomzodlarning kamida 5 ta ilmiy maqola yoki tezislari chop etilgan bo‘lishi kerak.
Tanlovda ishtirok etish tartibi va mezonlari
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
