Malakaviy imtihonlar uchun qabul boshlandi

Hurmatli tadqiqotchilar!
Samarqand davlat chet tillar institutida 2026-yilning noyabr oyida tadqiqotchilarning malakaviy imtihonlari uchun qabul jarayonlari boshlandi.

Quyidagi fanlar va ixtisosliklardan malakaviy imtihonlar bo'lib o'tadi:
Xorijiy tillar – ingliz, nemis va fransuz;
Ixtisosliklar – 10.00.04, 10.00.06, 10.00.13, 13.00.02.

Hujjatlar joriy yilning 31-oktabr kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Qadrli tadqiqotchilar, phd.samdchti.uz tizimi orqali ro'yxatdan o'tib, hujjatlaringizni yuborishingiz mumkin.

Murojaatlar uchun.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-10-09 17:02:59 71