Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi?

Chegirma kimlarga beriladi❓

Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.

Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.

Chegirmadan qanday foydalaniladi❓

1. Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi.

2. Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.

3. Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.

Endi eng muhim savol: qancha to‘lanadi❓

Agar kontrakt summasi 100 foiz bo‘lsa:

30 foizi — chegirma;

70 foizi — talabaning to‘lovi.

Ya’ni talaba kontraktning to‘liq 100 foizini emas, faqat 70 foizini to‘laydi.

70 foizlik to‘lovni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:

1-usul — summani to‘liq to‘lash.

Talaba chegirmadan keyingi 70 foizlik summani bir martada to‘laydi.

2-usul — bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
1-bosqich: 25 foiz
— 1-kursga tavsiya etilganlar uchun — 15-oktyabrgacha;
— 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 1-oktyabrgacha.

2-bosqich: yana 25 foiz — 1-yanvargacha.
Shunda jami to‘lov 50 foiz bo‘ladi.

3-bosqich: qolgan 20 foiz — 1-martgacha.

Shunda jami to‘lov 70 foizga yetadi.

Qolgan 30 foiz nima bo‘ladi❓

Kontrakt summasining chegirmaga to‘g‘ri keluvchi 30 foizlik qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-maygacha oliy ta’lim tashkilotiga qoplab beriladi.
Arizalar qachon topshiriladi❓

Hozirda kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini tizimga integratsiya ishlari olib borilmoqda. Arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi. Ariza topshirish jarayoni boshlanganligi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Share:
2026-10-13 17:32:39 23