Samarqand davlat chet tillar instituti Kechki ta’lim fakultetida talaba yoshlar o‘rtasida "Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni" hamda "Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish" mavzularida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O‘. Sattorov, Kechki ta’lim fakulteti dekani O. Jumayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S. Boymurodovlar bugungi globallashuv jarayonida milliy ma’naviyatimizga, mamlakat tinchligi va xalq farovonligiga rahna solayotgan yot oqimlar haqida gapirishdi.
Suhbat davomida soha mutaxassislari va oliygoh mas’ullari milliy qadriyat va urf-odatlarning millat ma’naviy poydevorini mustahkamlashdagi o‘rni, yoshlar qalbi va ongini yot g‘oyalardan asrash, har qanday jaholat va buzg‘unchi ta’sirlarga faqatgina yuksak bilim, ma’rifat hamda teran tafakkur bilan qarshi turish zarurligi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.







Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
