SamDCHTI talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar oʻrtasida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan milliy qadriyatlarimiz va pazandalik anʼanalarini ulugʻlovchi “Osh festivali” tashkil etildi.
Tadbirda talabalar milliy taomimiz boʻlmish palov tayyorlash boʻyicha oʻzaro bellashib, pazandalik mahoratlari hamda chaqqonliklarini namoyish etishdi. Har bir guruh va qavat vakillari tomonidan damlangan osh oʻzining betakror taʼmi va koʻrinishi bilan ajralib turdi.
Festival yakunida hayʼat aʼzolari tomonidan eng mazali osh tayyorlagan mahoratli pazanda jamoalar aniqlandi. Gʻolib va sovrindorlarga institut maʼmuriyati tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Ahillik va doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan ushbu fayzli tadbir kechqurun gulxan atrofida davom etdi. Mazmunli suhbat, dilrabo kuy-qoʻshiq va raqslar barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
