Koreya Respublikasining Yulgok koreyashunoslik instituti bilan hamkorlik kengayadi

Samarqand davlat chet tillari institutiga Koreya Respublikasining Yulgok koreyashunoslik instituti prezidenti Park Vonjae boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Institut rektori Bahodir Xoliqov va janob Park Vonjae o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilmiy, o‘quv-uslubiy hamda madaniy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng koreys tili, adabiyoti va madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihani hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqot davomida 2027-yilning sentabr oyida Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “K-Heritage in Samarkand” xalqaro madaniy almashinuv dasturiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Dastur doirasida ilmiy anjumanlar, ko‘rgazmalar, an’anaviy san’at asarlari namoyishlari hamda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-10-16 18:41:15 38