1. O‘zbek tilida:
1996-yilning 18-oktabr kuni sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yillik yubileyi munosabati bilan Samarqand shahri yuksak eʼtirof – “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va shu kundan eʼtiboran 18-oktabr rasman Samarqand shahri kuni deb belgilangan.
2. Ingliz tilida:
Samarqand qariyb 3000 yillik boy tarixga ega boʻlib, ulkan imperiyalarning poytaxti, qadimiy Buyuk Ipak yoʻlidagi eng muhim savdo, madaniyat va ilmiy almashinuv markazlaridan biri sanaladi.
3. Ispan tilida:
Shahar YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga "Samarqand – madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan kiritilgan boʻlib, unda turli sivilizatsiyalarning izlari mujassamlashgan.
4. Italyan tilida:
XIV asrda buyuk sohibqiron Amir Temur Samarqandni oʻzining ulkan imperiyasining poytaxti etib tanlagan va uni Sharqning eng goʻzal shahriga va Sharq Renessansining asosiy markaziga aylantirgan.
5. Fransuz tilida:
Oʻzining betakror meʼmorchiligi, ko‘kka bo‘y cho‘zgan feruzarang gumbazlari, bunyodkor ahli va ilmiy saloyiyati sababli Samarqand qadimdan yer yuzining sayqali, deb ulugʻlangan.
6. Nemis tilida:
Mirzo Ulugʻbek hukmronligi davrida Samarqand jahon astronomiyasi markaziga aylandi. Bu yerda barpo etilgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va undagi ilmiy kashfiyotlar ilm-fan tarixida ulkan inqilob yasadi.
7. Rus tilida:
Temuriy hukmdor Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan Ulugʻbek, Ashtarxoniylarning buyuk sarkardasi va Samarqand hokimi bo‘lgan Bahodir Yalangto‘sh tomonidan barpo etilgan Sherdor va Tillakori madrasalari Registon maydoniga o‘zgacha zeb berib turibdi. Bu obidalar jahon meʼmorchilik sanʼatining eng noyob va mashhur durdonalaridan biri hisoblanadi.
8. Turk tilida:
Koshinakorlikning yuksak namunasi boʻlmish Shohi Zinda maqbaralar majmuasi moviy va feruzamisol ranglarning betakror jilosi bilan hammani hayratga soladi.
9. Xitoy tilida:
VIII asrdan boshlab Samarqandda ishlab chiqarilgan qogʻoz oʻzining oʻta chidamliligi va silliqligi bilan butun dunyo boʻylab dovrugʻ qozonadi.
10. Koreys tilida:
Amir Temur farmoyishi bilan bunyod etilgan Amir Temur jome masjidi XIV–XV asrlar Islom olamidagi eng go‘zal, salobatli va mahobatli inshootlardan biri boʻlgan.
11. Yapon tilida
Samarqand nafaqat Sharq mumtoz shoirlari, balki Gʻarb adiblari, shoirlari va sayyohlari ijodida ham afsonaviy shahar sifatida tarannum etilgan. O‘zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlarning asosiy qismi Samarqandni ko‘rmasdan yurtiga qaytmaydi.
12. Arab tilida:
Bugungi kunda Samarqand nafaqat tarixiy xazina, balki yirik xalqaro sammitlar, madaniy forumlar o‘tadigan, dunyo sayyohlarini oʻziga jalb etuvchi zamonaviy global markazdir.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Samarqand shahri haqida 12 tilda milliy kontent
2026-10-19 18:42:54
11
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
