Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari Nukusga yetib borishdi

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialida o‘tkaziladigan sport musobaqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashish maqsadida Nukusga yetib borishdi.

Tashrif davomida talabalar oliygohda yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim olish imkoniyatlari hamda ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir doirasida sport musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoalar o‘rtasida qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-10-19 18:46:00 10