Samarqand davlat chet tillar institutiga Eron Islom Respublikasining Mashhad shahrida joylashgan Imom Rizo nomidagi Xalqaro universitet rektori doktor Ibrohim Donishifar hamda mazkur universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari doktor Ibrohim Dovudiy Sharifobodlar tashrif buyurishdi.
Institut rektori B. Xoliqov va mehmonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki oliy ta’lim muassasasi hamkorligi, jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv nihoyasida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
