Institut rektori Bahodir Xoliqov Qarağanda milliy tadqiqot universiteti faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi


Samarqand davlat çet tillar institutida Qozoğiston Respublikasining akademik E. Buketov nomidagi Qarağanda milliy tadqiqot universitetidan taşrif buyurgan delegatsiya ishtirokida tadbir taşkil etildi.

Unda Qarağanda milliy tadqiqot universiteti tomonidan Samarqand davlat çet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovga faxriy professor unvonini universitet rektor apparati rahbari Gulnar Baygojina tantanali ravişda topşirdi.

Sözga çiqqan B. Xoliqov, Qarağanda milliy tadqiqot universiteti ilmiy kengaşi kotibi Nurgul Tutinova hamda Xorijiy tillar fakulteti dekani Alfiya Kitibayevalar özbek va qozoq xalqlarini qon-qardoşlik, muştarak tarix, boy madaniy meros, azaliy döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalari birlaştirib turişini taʼkidlaşdi. Bugun uşbu yaqinlik ilm-fan va oliy taʼlim sohasida ham özining amaliy ifodasini topayotgani aytildi.

Oliygohlar örtasidagi hamkorlik nafaqat ilmiy loyihalar yoki rasmiy kelişuvlar, balki insonlar örtasidagi özaro işonç, bilim almaşinuvi va kelajak avlod uçun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan qadrlidir, deyildi.

Keyingi yillarda Qarağanda milliy tadqiqot universiteti bilan SamDÇTI örtasidagi munosabatlar izçil rivojlanib, akademik mobillik, ilmiy stajirovkalar, qöşma tadqiqotlar va xalqaro taʼlim taşabbuslarini qamrab olgan köp qirrali şeriklik darajasiga kötarildi. Xususan, 2025-yil yanvar oyida Qarağanda universiteti Xorijiy tillar fakultetining 15 nafar professor-öqituvçisi fakultet dekani boşçiligida Samarqandga taşrif buyurdi.

Bir oy davomida qozoğistonlik professor-öqituvçilar institutda ilmiy stajirovka ötab, maʼruzalar, seminarlar, mahorat darslari va amaliy maşğulotlarda qatnaşdilar. Bu til taʼlimi va ilmiy tadqiqotlarni taşkil etiş böyiça özaro tajriba almaşişga xizmat qildi.

Öz navbatida, 2025-yilning aprel–may oylarida Samarqand davlat çet tillar institutining 13 nafar vakili Qarağanda universitetida ilmiy stajirovka ötadi. Professor-öqituvçilar u yerda maʼruza va seminarlar ötkazib, qozoğistonlik hamkasblarining tajribasi bilan yaqindan tanişdilar, qöşma tadqiqotlarning istiqbolli yönalişlari yuzasidan fikr almaşdilar.

Bunday almaşinuvlarning eng muhim natijalaridan biri olimlar örtasida bevosita kasbiy aloqalar şakllanib, ular keyingi ilmiy taşabbuslar uchun mustahkam asos bölib xizmat qilayotganidir.

Şuningdek, 2025-yilda ikki universitet hamkorligida “Tarjima işi: ingliz tili” yönalişi böyiça birinçi xalqaro talabalar onlayn olimpiadasi taşkil etildi. Mazkur taşabbus Özbekiston va Qozoğistonning iqtidorli yoşlarini birlaştirib, ularning kasbiy bilim va könikmalarini xalqaro miqyosda namoyon etişiga imkon berdi.

Hamkorlik 2026-yilda ham izçil davom etdi. Jumladan, 13–27-aprel kunlari Qarağanda universiteti magistrantlari SamDÇTIda “Til materiallarini madaniyatlararo aspektda kompleks tadqiq etiş” dasturi böyiça ilmiy stajirovkada iştirok etdilar. Uşbu dastur yoş izlanuvçilarning ilmiy dunyoqaraşini kengaytiriş, zamonaviy tadqiqot usullari bilan tanişiş va yangi akademik aloqalarni yölga qöyiş uchun muhim imkoniyat böldi.

2026-yil iyun oyida esa Qarağanda universiteti Xorijiy tillar fakultetining sakkiz nafar professor-öqituvçisidan iborat delegatsiya Samarqandda kutib olindi. Taşrif davomida ilmiy maʼruzalar va seminarlar taşkil etildi. Qöşma tadqiqotlar, öquv adabiyotlarini yaratiş, xalqaro monografiya tayyorlaş hamda kelgusidagi ilmiy loyihalar muhokama qilindi. Bu uçraşuvlar ikki tomonning umumiy ilmiy manfaatlari va aniq natijalarga erişişga qaratilgan intilişini yaqqol namoyon etdi.

Oliygohlar örtasida işlab çiqilgan 2025–2027-yillarga möljallangan hamkorlik yöl xaritasi kelgusi faoliyatning asosiy yönalişlarini belgilab bergan. Unga muvofiq, professor-öqituvçilarning özaro ilmiy stajirovkalarini davom ettiriş, talabalar va magistrantlarning akademik mobilligini kengaytiriş, yoş olimlarning qöşma tadqiqotlarini qöllab-quvvatlaşni ustuvor vazifalar deyiş mumkin.

Ayniqsa, xalqaro ilmiy naşrlarda birgalikda maqolalar çop etiş, öquv va ilmiy adabiyotlar yaratiş, qöşma xalqaro monografiyalar tayyorlaş hamda filologiya va tarjimaşunoslik sohalarida yangi tadqiqot loyihalarini amalga oşirişga katta eʼtibor qaratilmoqda.

– Bugun uşbu nufuzli universitet delegatsiyasining Samarqandga taşrif buyurib, mazkur unvonni şaxsan topshirayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega, – dedi rektor B. Xoliqov. – Hurmatli mehmonlarni institutimizda qutlaşdan mamnunmiz. Alohida taʼkidlaş joizki, akademik E. Buketov nomidagi Qarağanda milliy tadqiqot universiteti QS World University Rankings 2027 xalqaro reytingida eng yaxşi dunyo universitetlari orasida 951-örindan joy olgan. Ana şunday xalqaro mavqega ega oliy taʼlim muassasasining faxriy professori böliş men uchun katta şaraf va masʼuliyatdir.

Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-10-26 19:24:29 61