Ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyev Samarqand viloyatiga qilgan xizmat safari doirasida Samarqand davlat çet tillar institutida bölib, oliygohdagi Registrator ofisi, «Karyera markazi» va «Kelajakka qadam» markazlari faoliyati bilan yaqindan tanişdi.
Registrator ofisida «Yagona darça» tamoyili asosida körsatilayotgan 64 turdagi ta’lim xizmatlari, bitiruvçilar bandligini ta’minlaş va ularning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasidagi loyihalar közdan keçirildi.
Şuningdek, institutdagi sinxron tarjima laboratoriyasi, öquv jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatiş imkonini beruvçi Situatsion markaz va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan Multimedia markazi imkoniyatlari namoyiş etildi.
Multimedia markazida talabalar iştirokida yölga qöyilgan «Samarqand ziyosi» radiosi, «Çegarasiz taxayyul» podkasti, «Yangi Renessans» gazetasi, 12 tildagi milliy kontentlar va 15 dan ortiq media loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
