1. Arab tilida:
“Fitrat” taxallusi “tuğma iste’dod” ma'nosini anglatadi. Onasi Bibijon unda Navoiy, Bedil, Fuzuliy va Zebunniso asarlari orqali adabiyotga muhabbat uyğotgan.
2. Rus tilida:
Fitrat ona tili bilan birga arab, fors va turk tillarini puxta egallagan. Şu sababli Şarq adabiyoti va falsafasini asl manbalardan öqiş imkoniga ega bölgan.
3. Özbek tilida:
Madrasani bitirgan Fitrat 1909-yilda Istanbul dorilfununida öqigan. Bu davr uning dunyoqaraşi va ijodiy yuksalişi uçun muhim rol öynagan.
4. Turk tilida:
Istanbuldagi ustozlari Fitratni "donişmand" deya e'tirof etganlar. U ona Vatani Turkistonning taraqqiyotini ilm-ma'rifat bilan boğlab, yangi usul maktablari va ta'lim islohotlarini qöllab-quvvatlagan, bu yölda fidoyiliklar körsatgan.
5. Nemis tilida:
Fitratning “Sayha” (“Çorlov”) nomli şe’riy töplami 1911-yilda Istanbulda çop etilgan. Asarda milliy uyğoniş va ozodlik ğoyalari yuksak pafos bilan tarannum etilgan.
6. Ingliz tilida:
“Sayyohi hindi” asarida Fitrat hind sayyohi közi bilan Buxorodagi muammolarni oçiq-oydin tasvirlaydi. Muallif şu yöl bilan xalqni uyğonişga, özlikni anglaşga çaqirgan.
7. Fransuz tilida:
1917-yilda “Hurriyat” gazetasiga muharrirlik qilgan Fitrat naşr sahifalarida milliy özlikni anglaş, ma’rifat orqali ozodlik va taraqqiyotga erişiş masalalarini yoritgan. U öz maqolalarida ayollarning ta’lim olişi va jamiyat hayotida faol bölişlarini yoqlab çiqqan.
8. Italyan tilida:
Fitrat “Çin seviş”, “Hind ixtilolçilari”, “Temur sağanasi”, “Öğizxon”, “Tölqin” hamda “Abulfayzxon” kabi bir neçta sahna asarlari yaratgan. Ijodkorning dramalari özbek teatrining rivojlanişiga katta hissa qöşgan. “Abulfayzxon” tarixiy dramasida Buxoro tarixining murakkab davri badiiy tasvirlangan.
9. Ispan tilida:
Fitratning “Şarq”, “Şoir”, “Kim deyay seni” kabi şe’rlarida Vatan, muhabbat, erk va ozodlik mavzulari kuylanadi. Bu şe’rlar badiiy saviyasi yuqoriligi va buyuk maqsadlarni tarannum etgani bilan ajralib turadi.
10. Xitoy tilida:
Fitrat filolog olim sifatida şuhrat qozongandi. U zamonaviy özbek adabiyotşunosligining asosçilaridan biri bölib, "Adabiyot qoidalari" va tilşunoslikka oid asarlari ta’lim muassasalarida uzoq yillar darslik vazifasini bajargan.
11. Koreys tilida:
Şarq musiqa maktabini taşkil etişda faol qatnaşgan Fitrat milliy musiqa merosini saqlaş va rivojlantiriş tarafdori bölgan va şu yölda ibratga loyiq faoliyat yuritgan.
12. Yapon tilida:
1938-yilning 4-oktabr kuni xalqimizning suyukli farzandi bölmiş Fitrat bir qator safdoşlari bilan birga şöro hukumati tomonidan ölimga mahkum qilingan. Bugungi kunda Fitrat Turkiston jadidçilik harakatining eng buyuk namoyandalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
