





Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oşiriş, jarayonni raqamlaştiriş, bitiruvçilar bandligini ta’minlaş, infratuzilmani rivojlantiriş hamda oliy öquv yurti va işlab çiqariş korxonalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş mamlakatimiz rahbari belgilab bergan ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mana şu vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadda Qarşi davlat universitetida şakllangan “Qaşqadaryo tajribasi”ni respublikaning barça oliy ta’lim taşkilotlarida ommalaştirişga qaratilgan amaliy tadbir bölib ötdi. Unda mamlakatimizdagi oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari qatnaşib, universitet faoliyatining turli yönalişlarida yölga qöyilgan ilğor tajribalar bilan yaqindan tanişdilar.
Tadbirda Samarqand davlat çet tillar instituti rektori B. Xoliqov ham iştirok etdi. Tanişuv va örganişlar davomida institut faoliyatiga tatbiq etiş mumkin bölgan ilğor yondaşuvlar tahlil qilinib, “Qaşqadaryo tajribasi”ni oliygohda joriy etiş böyiça istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Eng muhimi, özaro tajriba almaşiş va samarali amaliyotlarni ommalaştiriş oliy ta’lim tizimining izçil rivojlanişi, raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş hamda ta’lim muassasalarining jamiyat va iqtisodiyot bilan hamkorligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
