Samarqand davlat çet tillar institutida öquv jarayonini samarali taşkil etiş, ijro intizomiga rioya qiliş, talabalarning tölov-kontrakt mablağlarini belgilangan muddatlarda amalga oşiriş, şuningdek, institutning isitiş tizimi, bino va inşootlarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Tadbirni institut rektori B. Xoliqov olib bordi. Soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda tegişli tarkibiy bölinmalar mas’ullari iştirok etgan yiğilişda kun tartibidagi masalalar atrofliça muhokama qilindi. Ta’lim sifati va samaradorligini oşiriş, talabalar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş hamda tölov-kontrakt tölovlarini öz vaqtida amalga oşiriş yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Kuz-qiş mavsumini betalafot va barqaror ötkaziş maqsadida institutning barça bino va inşootlarida mavsumga tayyorgarlik işlarini yakunlaş, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining uzluksiz işlaşini ta’minlaş hamda mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça mas’ullarga tegişli topşiriq va körsatmalar berildi.
Rektor belgilangan vazifalar ijrosini öz vaqtida va sifatli ta’minlaş, har bir mas’ulning şaxsiy javobgarligini oşiriş zarurligini alohida ta’kidladi.







Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
