Samarqand davlat çet tillar institutida “Eng innovatsion ğoya” respublika tanlovining institut bosqiçi ötkazildi

Davlat oliy ta’lim taşkilotlari talabalari örtasida startap loyihalarga aylantiriş imkoniyati yuqori bölgan innovatsion ğoyalarni saralaş va moliyalaştiriş maqsadida ötkazilayotgan mazkur tanlov Samarqand davlat çet tillar institutining 30 nafardan ortiq iqtidorli talabalarini bir maydonga jamladi.

Tanlovni institut rektori B. Xoliqov oçib berib, iqtidorli yoşlarni aniqlaş, ularning innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantirişning ahamiyatiga alohida töxtaldi. Şuningdek, tanlov iştirokçilariga muvaffaqiyat tilab, ularning ilğor ğoyalari kelgusida istiqbolli loyihalarga aylanişiga işonç bildirdi.

Eslatib ötamiz, tanlovning institut bosqiçida 1-örinni egallagan iştirokçi 50 million söm, 2-örin sohibi 30 million söm, 3-örinni qölga kiritgan qatnaşçi esa 20 million söm miqdorida pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

Tanlov natijalari joriy yilning 4-noyabr kuni institutning rasmiy axborot sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati

 

Share:
2026-11-03 17:08:10 26