«Ming kitob» loyihasi doirasida naşr etilgan 20 turdagi jami 60 dona kitob talabalarga sovğa qilindi

Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Samarqand viloyati boşqarmasi boşliği Şerzod Rahmonov Samarqand davlat çet tillar instituti talabalari bilan oçiq muloqot ötkazdi.

Tadbirni institut rektori Bahodir Xoliqov kiriş sözi bilan oçib berib, yoşlar bilan muntazam muloqot olib boriş, ularning taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ta’lim olişi va öz salohiyatini namoyon etişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlarning ahamiyatini ta’kidladi.

Muloqot davomida Şerzod Rahmonov Yoşlar işlari agentligi tomonidan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bilim va könikmalarini rivojlantiriş, bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini rağbatlantiriş hamda iqtidorini röyobga çiqariş borasida amalga oşirilayotgan işlar, mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Oçiq muloqotda talabalar tomonidan 15 dan ortiq taklif va taşabbuslar ilgari surildi. Yoşlar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, mavjud muammolar, yangi loyihalar va istiqbolli taşabbuslar böyiça öz takliflarini örtaga taşladilar.

Uçraşuv yakunida Yoşlar işlari agentligi Samarqand viloyati boşqarmasi tomonidan institut Axborot-resurs markazi fondiga «Ming kitob» loyihasi doirasida naşr etilgan 20 turdagi jami 60 dona kitob sovğa qilindi.

Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati

 

Share:
2026-11-03 18:38:50 17