Ali Quşçi haqida 12 tilda milliy kontent

Alovuddin Ali ibn Muhammad Quşçi qadim yurtimiz ilm-fani, xususan, Samarqand astronomiya maktabining eng yorqin namoyandalaridan biri, uluğ olim va mutafakkir sifatida şuhrat qozongan. Quyida Ali Quşçining hayoti va ilmiy faoliyatiga oid aniq manbalar – "Ziji jadidi Köragoniy", "Tarixi Raşidiy", "Kaşf az-zunun" hamda zamonaviy manbalar asosida tayyorlangan 12 ta muhim fakt bilan tanişamiz.

1. Özbek tilida
Ali Quşçi Samarqandda Amir Temur va Mirzo Uluğbek saroyining boş quşçisi (ov quşlariga mas’ul amaldor) oilasida dunyoga kelgan. Şu sababli u tarixiy manbalarda "Quşçi" taxallusi bilan muhrlangan.

2. Nemis tilida
Mirzo Uluğbek şogirdi Ali Quşçiga alohida mehr körsatib, özining "Ziji jadidi Köragoniy" asari muqaddimasida uni "farzandi arjumand" yʼni "qadrli farzand", deb atagan hamda uning zakovati va iqtidorini juda yuqori baholagan.

3. Ispan tilida
Ali Quşçi Qozizoda Rumiy va Ğiyosiddin Jamşid Koşiylardan dars olib, tez orada Samarqanddagi Mirzo Uluğbek rasadxonasining eng yetakçi astronom va matematiklaridan biriga aylandi. Qozizoda Rumiy vafotidan söng rasadxona mudirligi aynan Ali Quşçiga topşirildi.

4. Italyan tilida
Mirzo Uluğbekning maşhur ""Ziji jadidi Köragoniy"" jadvali ustidagi işlarni yakunlaş, uni tartibga soliş va saqlab qolişda Ali Quşçining xizmati beqiyosdir. Uluğbek fojiali vafot etgaç, u rasadxona qölyozmalari va ""Ziji jadidi Köragoniy""ni saqlab qolgan hamda keyingi avlodlarga yetkazgan.

5. Fransuz tilida
Mirzo Uluğbek Ali Quşçini Xitoyga elçilik va ilmiy hay’at rahbari sifatida yuborgan. U yerdan qaytgaç, geografiya, astronomiya hamda xitoy xalqining udumlari va taqvim tizimiga oid kuzatuvlarini öz içiga olgan "Xitoynoma" ("Risola dar bayoni tarhi manozil va manozili qamar va ta’yini a’yod") asarini yozgan.

6. Ingliz tilida
Ali Quşçi özining "Nihoyat al-idrok fi dirayat al-aflak" va astronomiyaga oid boşqa risolalarida Aristotel fizikasining ba’zi aqidalarini rad etib, Yerning öz öqi atrofida harakat qilişi mantiqan va astronomik nuqtai nazardan imkonli ekanini asoslaşga harakat qilgan.

7. Rus tilida
Uning astronomik va matematik qaraşlari, ayniqsa, Yerning harakati haqidagi ilmiy farazlari keyinçalik Yaqin Şarq orqali Yevropaga yetib borgan hamda Nikolay Kopernik singari buyuk astronomlarning ilmiy izlanişlariga bilvosita turtki bölgan.

8. Arab tilida
Temuriylar saltanatida siyosiy vaziyat murakkablaşgaç, u Haj safari bahonasi bilan yölga çiqadi. Tabrizda Oqqoyunli hukmdori Uzun Hasan saroyida böladi, söngra Usmonlilar hukmdori Sulton Mehmed II (Fotih) taklifi bilan Istanbulga köçib ötadi hamda u yerda rasadxona va ilmiy maktab taşkil etadi.

9. Turk tilida
Ali Quşçi Istanbulga kelgaç, astronomiyaga oid maşhur "Ar-Risola al-Fathiyya" asarini yozib, uni Istanbulni fath etgan Sulton Mehmed II ga taqdim etgan. Bu asar asrlar davomida Usmonlilar imperiyasidagi madrasalarda asosiy darslik sifatida öqitilgan.

10. Yapon tilida
Astronomiya bilan bir qatorda matematika sohasida ham katta meros qoldirdi. U arifmetika va algebra böyiça "Risola dar ilmi hisob" hamda Sulton Fotihga bağişlangan "Ar-Risola al-Muhammadiyya" asarlarini yozdi. U önlik kasrlar va arifmetik amallar tatbiqini takomillaştirdi.

11. Koreys tilida
Ali Quşçi faqat astronom va matematik emas, balki tilşunos, mantiqçi, faqih hamda kalom ilmi mutaxassisi bölgan. Uning arab tili grammatikasiga oid "Ar-Risola al-Addiyya" asari, mantiq va tasavvufga oid köplab risola hamda şarhlari saqlanib qolgan.

12. Xitoy tilida
Ali Quşçi 1474-yil 16-dekabrda Istanbul şahrida vafot etgan. U Istanbuldagi maşhur Eyüp Sultan (Abu Ayyub al-Ansoriy) ziyoratgohi qabristoniga, mötabar zotlar qatoriga dafn etilgan. Uning qabr toşi bugungi kunga qadar saqlanib qolgan.

Share:
2026-11-06 13:29:51 14