24-aprel kuni Samarqand davlat chet tillari instituti Roman-german tillari fakulteti fransuz tili va adabiyoti kafedrasida "Frankofoniya kuni" kechasi bo‘lib o‘tdi. Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng yig‘ilganlarga Fransiya regionlari haqida ko‘rgazma namoyish etildi.
Kecha davomida kafedra o‘qituvchilari Marie Redares, D.Ataullayeva, N.Po‘latovalar tomonidan talabalar uchun fransuz tilida turli xil qiziqarli o‘yinlar tashkil qilindi. Jumladan, Marie Redares tomonidan tashkil qilingan "Baccalauréat" o‘yini, N. Po‘latova rahbarligidagi 2-kurs talabalarining "Chasse au trésor de la francophonie" nomli o‘yinlari ko‘pchilikni qiziqtirdi.
Kecha davomida fransuz milliy taomlari ko‘rgazmasi "Gastronomie française" ham bo‘lib o‘tdi. Talabalar fransuz milliy taomlaridan hattoki "soupe à l'oignon", "ratatouille"larni ham tayyorlab kelishdi. Tadbir yakunida faol qatnashganlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Roman-german tillari fakulteti fransuz tili va adabiyoti kafedrasida "Frankofoniya kuni" kechasi bo‘lib o‘tdi
2019-04-27 12:30:00
86
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain




