Buyuk Britaniyaning Coventry Universiteti professori Simon Horsman ishtirokida institutning Ingliz tili-II falulteti Xorijiy til va adabiyoti (kechki) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Buyuk Britaniyada ta’lim tizimi”, “Hozirgi zamonda global ingliz tilining ahamiyati”, “Chet tillarini o‘qitish metodikasi” kabi mavzularda seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari qiziqarli va jonli tarzda, o‘qitishning zamonaviy metodlari asosida tashkil etilmoqda.
Institut talabalari mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga professor Simon Horsmandan batafsil javoblar olishdi. Xorijlik professor Simon Horsman ham talabalarning qiziqqonligiga alohida urg‘u berib o‘tdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain



