Nemis tili va adabiyoti fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 314-sonli buyrug‘iga binoan “2019-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalarining respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risidagi” buyrug‘iga hamda vazirlikning 2015-yil 7-apreldagi 123-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalar respublika fan olimpiadasi to‘g‘risidagi NIZOM”ga muvofiq “Nemis tili va adabiyoti” mutaxassislik fanidan II tur bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bunda respublikamizning 12 ta oliy ta’lim muassasasidan I bosqich g‘oliblari qatnashishdi.
Olimpiada yakunida institut rektori I.M.Tuxtasinov olimpiada ishtirokchilarini faol qatnashganligi va erishgan yutuqlari bilan tabriklagan holda ularga kelgusi o‘qishlarida omad va zafarlar tiladi. 
Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.S.Ashurov, DAAD lektori Simon Kretschmer, Samarqand shahar 51-sonli maktab o‘qituvchisi Sophia Schatzlar g‘olib talabalarga institut tamonidan berilgan esdalik sovg‘alarni taqdim etishdi.      
Talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqich natijalariga ko‘ra birinchi darajali diplom bilan O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti talabasi Karimov Nodirbek Ma’muraliyevich taqdirlandi. Ikkinchi darajali diplom bilan Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Sundeyev Viktor Sergeyevich taqdirlandi hamda uchinchi darajali diplom bilan Farg‘ona davlat universiteti talabasi Jamoliddinov Shoxijaxon Ulug‘bek o‘g‘li taqdirlanishdilar.

Rektor I. Tuxtasinov taqdirlash

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

Share:
2019-05-14 16:35:00 85