21 may kuni “Hanban” xalqaro tashkiloti direktori o’rinbosari janob Yu Yufeng hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti prorektori Yang Lilar boshchiligidagi delegatsiya SamDCHTIga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari SamDCHTI qoshidagi Konfusiy Instituti tarixi va faoliyatiga oid fotoko’rgazma hamda dars jarayonlari bilan tanishishdi. Zamonaviy jihozlangan “Smart classroom” va sinxron auditoriyasida tashkil etilgan xitoy tili yo’nalishi talabalarining darslarini kuzatishdi va talabalar tomonidan o’zbek tilidan xitoy tiliga qilinayotgan sinxron tarjimalarni tinglashdi.
Institut rektori bilan rasmiy uchashuv tashkil etilib unda SamDChTIning Hanban tashkiloti bilan samarali faoliyati muhokama qilindi. Konfutsiy instituti faoliyatini yanada rivojlantirish borasida taklif va mulohazalar bildirildi. SamDCHTI qoshida Shanhay xorijiy tillar universiteti filialini ochish g`oyasi ilgari surildi. Shuningdek, hamkorlikda bakalavriat bosqichida xitoy tili+turizm hamda magistratura bosqichida “xitoy tili + iqtisod“ shakllarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo’yicha taklif va fikrlar almashinildi.
Bundan tashqari delegatsiya, SamDChTI akademik litseyiga ham tashrif buyurib, litseyda yangi tashkil etilgan xitoy tili yo’nalishi darsi bilan tanishishdi. Hamkorlikda litseyda xitoy tilini o’qitishni rivojlantirish, moddiy texnik bazasini boyitish borasida muzokaralar olib borildi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain










