O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 7-may kuni “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-son qarori institutda prerektor, dekan, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari hamda jamoatchilik tashkilotlariga qaror tanishtirildi.
Dastlab institut rektori I.Tuxtasinov so‘zga chiqib qabul qilingan qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi, Shundan so‘ng ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Sh.Ashurov so‘zga chiqib qarorining ahamiyati, qarorda belgilangan vazifalar haqida batafsil tushintirish berib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor F.Ro‘ziqulov ham so‘zga chiqib yana bir bor qororni ahamiyati institut jamoasining oldiga qo‘yilgan vazifalarni jiddiyligini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish so‘ngida rektor I.Tuxtasinov barcha rahbarlarga mazkur qarorni fakultetlarda, kafedralarda, bo‘limlarda har bir pedagog-xodimlarni xabardor qilish va ularning oldiga qo‘yilgan vazifalar, qilinadigan ishlarni “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqish kerakligini ta’kidladi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain




