“Nemis tilini chet tili sifatida innovativ o‘qitish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

2019-yil 1-iyunda Samarqand davlat chet tillar institutida Germaniyaning O‘zbekstondagi elchixonasi, Toshkentdagi Goethe instituti hamda Cornelsen ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda “Nemis tilini chet tili sifatida innovativ o‘qitish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.S.Ashurov ochib berdi. Seminar-treningda Samarqand shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar hamda  qiziquvchi talabalar ishtirok etishdi. Unda xorijiy tillar, xususan, nemis tilini o‘qitishda ilg‘or innovatsion metodlar  hamda texnologiylarning o‘rni, dars jarayonida qo‘llash usullari kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.


Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

Share:
2019-06-01 16:20:00 95