Vazirlar mahkamasining o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan 360-sonli qaroriga asosan endilikda abituriyentlardan oliygohga o‘qishga hujjat topshirishida 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma talab qilinmaydi, jumladan, passport asl nusxasi va umumiy o‘rta (10-11 sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risida tegishli hujjatlar bilan birgalikda kelishlari talab qilinadi. Turk tilini chet tili sifatida o‘qigan abituriyentlar ham mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradilar.
Yangi tartibga muvofiq magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:
-
Magistraturaga kirishda ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;
-
“ Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha sinov;
-
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani bo‘yicha sinov;
Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball bo‘lganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Yuqoridagi yangiliklar joriy yilning 13-iyun kunida Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkazilgan yig‘ilishda rahbariyat tomonidan jamoaga yetkazildi hamda qabul komissiyasi ishchi guruhlari tashkil etilib, ko‘rsatma va vazifalar belgilab olindi.
Samarqand davlat chet tillar instituti axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain




