Siena universiteti professor-o‘qituvchilari Samarqand davlat chet tillar institutida

2019-yil 17-sentabr kuni Italiyaning Siena xorijliklar universiteti rektori proffessor Pietro Cataldi hamda ushbu universitetning rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Giulia Marcuccilar  Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. 

Mehmonlar 17-19 sentabr kunlari instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashuv o‘tkazishadi. 17-sentabr kuni delegatsiya a’zolari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari hamda rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari bilar uchrashuvda bo‘lishdi, uchrashuv doirasida hamkorlik yo‘nalishlari borasida o‘zaro takliflar hamda imkoniyatlar muhokama qilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2019-09-18 12:10:00 97