Abuabdulloh Rudakiyning tavalludiga 1160 yil bo‘lganligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Tojikiston Respublikasi  Panjakent  shahridagi  Pedagogika  institutida Abuabdulloh  Rudakiyning tavalludiga 1160 yil bo‘lganligi  munosabati  bilan  xalqaro  ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib  o‘tdi.   

Anjumanda Qozog‘iston Respublikasi,  O‘zbekiston Respublikasining OTMlari, xususan, Samarqand davlat chet tillari instituti professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy maqola hamda tezislari bilan faol qatnashishdilar. 

Anjuman 9 ta sho‘balardan iborat bo'ldi. Samarqand davlat chet tillar institutidan  G.Azizova, A.Abdullayev hamda E.Raxmatovlar faol ravishda ishtirok etib, sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. Anjumanda Abuabdulloh Rudakiyning  yozgan barcha asarlaridagi misralar olimlar tomonidan tahlil qilindi va  hanuzgacha o‘rganilmagan jihatlar mavjud ekanligi e’tirof etildi. 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan Abuabdulloh Rudakiyning asarlarini chuqur tahlil etish uchun kelgusida yana shunga o‘xshash ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Samarqand davlar chet tillar institutiSamarqand davlat chet tillar instituti

Share:
2019-09-27 08:35:00 99