“Xorijiy tillarni o‘rganishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2019-yilda xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 28-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2019-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №205-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida joriy yilning 10-oktabr kuni “Xorijiy tillarni o‘rganishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. 

Anjumanda institut rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, xorijlik mutaxassislar hamda barcha qiziquvchi talaba-yoshlar o‘zlarining maqola va tezislari bilan ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi seksiyalar tashkil etildi:

•Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar;
•Xorijiy tillarni o‘qitishning axborot va pedagogik texnologiyalari;
•Xorijiy tillar yo‘nalishida onlayn kurslar yaratish va o‘quv jaryoniga joriy etish;
•Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion texnologiyalari;
•Xorijiy tillarni o‘qitishda ma’lumotlar bazasi va elektron kutubxona progressiv metodikasi;
•Yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalarni ingliz tilida chop etish.

Anjuman o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida olib borildi. Anjuman materiallari to‘plam shaklida chop etildi va nashrdan chiqarildi. 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI axborot xizmati

Share:
2019-10-10 17:20:00 97