2019-yil dekabr oyida Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tishi munosabati bilan yurtimizga xorijlik mehmonlarning tashrifi kutilmoqda. Jarayonda ishtirok etish va xorijlik mehmonlarga kuzatuvchi sifatida jalb qilinadigan Samarqand davlat chet tillar institutining tarjimon-volontyorlar jamoasi hamda tadbirga mas’ul qilib biriktirilgan ishchi guruh a’zolari o‘rtasida uchinchi marotaba joriy yilning 23-oktabr kuni institutda uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ishchi guruh a’zolari tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar safidan saralab olingan tarjimon-volontyorlarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi hamda saylov jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha me’yoriy, normativ hujjatlar bilan tanishtirildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain






