Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.M.Tuxtasinov joriy yilning 23-oktabrida birinchi va ikkinchi bosqich talabalari, guruh sardorlari hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarga institutdagi o‘quv jarayonlari va uning davom ettirilish tartibi, fanlarni o‘zlashtirish yuzasidan tavsiyalar, talabalarning dars mashg‘ulotlarida muntazam ravishda ishtirok etishi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishning ahamiyati va foydali jihatlari, nomdor davlat stipendiyalariga ega bo‘lish tartibi, har yili bo‘lib o‘tadigan fan olimpiyadalarida talabalarning faol tarzda ishtirok etishlari to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi institut rektori I.M.Tuxtasinov.
Bundan tashqari hozirgi vaqtda ba’zi yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli xildagi oqimlarning mavjudligi hamda bunday oqimlar iskanjasiga tushib qolganlarning holi ne kechishi, salbiy natijalarga olib kelishi to‘g‘risida so‘zlab, o‘zimizning ma’naviyatimizni, ma’rifatimizni, ongimizni yuksaltirishimiz zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
















