Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakulteti «Ingliz tili nazariy aspektlari» kafedrasi mudiri L.T.Abdullayeva boshchiligida hamda ushbu kafedraning professor ˗ o‘qituvchilari N.O.Sadiyeva, A.T.Amanov, N.M.Suleymanova, SH.F.Muxtarova, N.A.Ashurova va M.SH.Baxriddinova tomonidan Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablariga o‘qituvchining maqomi va nufuzini oshirish hamda pedagogik mahoratlarini oshirish yuzasidan viloyatdagi mavjud oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini umumta’lim maktablariga biriktirish va tashrif buyurish jadvali asosida master klass trening o‘tkazildi.
Ushbu master klass darsida kafedra katta o‘qituvchisi N.O.Sadiyeva so‘zga chiqib, maktab o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazdi. Shuningdek, chet tilini o‘qitishda yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tutgan o‘rni haqida ham ta'kidlab o'tdi.
Dars jarayonida o‘qituvchilar N.M.Suleymanova va N.A.Ashurova tomonidan yangi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llanildi va o‘tgan amaliy dars mashg‘uloti o‘quvchilarda juda qiziqarli taassurot qoldirdi.
“Amaliy ingliz tili” darsi maktab direktori F.Boltayev va maktab pedagog-o‘qituvchilari tomonidan qiziqarli deb topildi va ular o‘zlari uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarni olishganliklarini dars so‘ngidagi davra suhbatida bildirib o‘tishdi.
SamDCHTI matbuot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain





