O'zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori Reychel Aylendning SamDCHTIga tashrifi

Joriy yilning 4-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutiga Britaniya Kengashi xalqaro tashkiloti direktori Reychel Aylend boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish yuzasidan innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda uni ta’limda joriy qilish borasida muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvdan so‘ng SamDCHTIda faoliyat ko‘rsatayotgan ingliz tili o‘qituvchilari, magistrantlar va Reychel Aylend ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Shuningdek, seminar-treningda ingliz tilini o‘qitish va o‘rgatishning zamonaviy usullari, metodlari hamda ularning samarasi to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashinildi. SamDCHTIda tashkil etilgan va ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha zamonaviy o‘quv adabiyotlariga boy yangi kutubxona bilan Reychel Aylendning tanishuv jarayoni ham tashrif doirasidan o‘rin oldi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati
Share:
2019-12-04 17:50:00 100