Samarqand davlat chet tillar institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida “Ajdodlar merosining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Imom Al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori maslahatchisi professor B.To‘rayev, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Samarqand filiali direktori T.Ibodullayev hamda ilmiy xodimlar J.Jumayev va A.Rahimovlar, shuningdek, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov hamda institut talabalari ishtirok etishdi.
Suhbat doirasida keyingi yillarda O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy soha rivoji, markazning tashkil etilishi hamda uning vazifalari, xalqaro hamkorlik aloqalari, Imom Buxoriy va boshqa ajdodlar merosining bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida so‘z bordi.
SamDCHTI matbuot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain





