SamDCHTI: Talabalar turar joyda “Yangi yil oqshomi”

Joriy yilning 12-dekabr kunida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Yangi yil oqshomi” o‘tkazildi. Unda butun institut jamoasi ishtirok etishdi.

“Yangi yil oqshomi” tadbiri davomida TTJ talabalari tomonidan qiziqarli sahna ko‘rinishlari, yangi yil qo‘shiqlari, raqs hamda she’rlar ijro etildi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishda va o‘z mahoratini sahnada mohirona ifodalay olgan hamda faol ishtirok etgan talabalar qimmatbaho yangi yil sovg‘alari, faxrli diplomlar bilan taqdirlanishdi.

 

(Yangi yil haqida)

Yangi yil — eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil; eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda, xususan, Yevropa mamlakatlarida, shu jumladan, Rossiyada (Pyotr I tomonidan 1699-yil belgilangan) har yili 1-yanvarda nishonlanadi. Hijriy yil hisobi qabul qilingan joylarda esa quyosh yilining turli sanalarida bayram qilinadi. O'rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda navroʻz bayramini Yangi yilning kirib kelishi tariqasida qadimdan keng nishonlanadi. Yangi yil bayrami insoniyatning eng qadimgi bayramlaridan biri boʻlib, qadimgi Bobil va qadimgi Misrda eramizdan avvalgi 3000 yillikda birinchi marta nishonlanishni boshlagan.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-12-13 11:30:00 100