Kontrakt miqdori keskin oshib ketadimi?

Samarqand davlar chet tillar instituti

Ayni daqiqalarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida oliy ta’lim muassasalarining bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, boshqarma boshlig‘i Maqsudjon Hamraev, axborot xizmati rahbari Farxad Babashev hamda yangi tizimga o‘tayotgan OTM rektorlari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

1-yanvardan quyidagi o‘nta OTMda o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimi sinab ko‘rilmoqda:

1. Samarqand davlat chet tillar instituti

2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

3. Toshkent davlat yuridik universiteti

4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5. Toshkent moliya instituti

6. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

7. Toshkent farmatsevtika instituti

8. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

9. Urganch davlat universiteti

10. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur tashabbus Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan davlatlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rgangan holda tajriba-sinov tariqasida tatbiq etilyapti.

Moliyaviy mustaqil OTMlarda kontrakt miqdori keskin oshib ketmaydi

O‘zini o‘zi moliyalashtirish oliy ta’lim muassasalarining to‘lig‘icha xususiy sektorga o‘tib ketishini anglatmaydi. Ularga mustaqil rivojlanish va ta’lim sifatini oshirish uchun mavjud resurslardan foydalanishda erkinlik beriladi. Ya'ngi tizimga o‘tayotgan OTMlarda to‘lov-kontrakt narxlarining keskin oshib ketmasligi, qo‘shimcha mablag‘ topish uchun mavjud imkoniyatlarga zid ravishda ortiqcha qabulning amalga oshirilmasligi, eng muhimi sohada korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun moliyaviy mustaqil bo‘layotgan OTMlardagi o‘quv jarayonlari vazirlik tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qat’iy nazorat qilib borilishi aytilmoqda.

Mablag‘lar mustaqil yo‘naltiriladi

Hozirda OTMlar o‘z mablag‘larini ko‘p hollarda oldindan belgilab berilgan tartibda sarflashga majbur, ya’ni ajratilgan mablag‘ga muvofiq xarajat qilinadi:

46,8 foiz – oylik maoshlar uchun,

33,1 foiz – stipendiyalarga,

11,5% – byudjet uchun ajratmalar

8,6 % – boshqa xarajatlarga ishlatiladi.

Qabul ko‘rsatkichlari oshadi

Ya'ngi tizimga o‘tadigan OTMlarda davlat granti va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash davom etadi.

Bu jarayonda qabul kvotalarining oshishi ham kutilyapti. Misol uchun, 2020-yildan o‘zini-o‘zi moliyalashtirishga o‘tadigan oliygohlar qariyb 17 ming nafar talabani o‘qishga qabul qilishi kutilmoqda, bu esa 2019 yildagi ko‘rsatkichdan 20 foiz ko‘p demakdir.

Share:
2020-01-16 17:10:00 92