Yakuniy nazoratlar shaffofligi ta’minlandimi?

2019/2020 o‘quv yili kuzgi semestrida o‘tkazilayotgan yakuniy nazoratlarning adolatli, shaffof va xolisona o‘tkazilishi institut huzuridagi jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda. Institutda hozirda bakalavr hamda magistrantlar yakuniy nazorat imtihonlarini topshirishmoqda.

Imtihon jarayonlarining shaffofligini ta’minlash yuzasidan maxsus ishchi guruh tashkil etilib, jarayon muntazam ravishda o‘rganilib borilmoqda. Ishchi guruh tarkibida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i A.Shermatov, ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i L.Matyaqubova, yuriskonsult Sh.Toshquvvatov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.Salomov, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi E.Raxmatov, psixolog J.Saydullayev, matbuot xizmati xodimi A.Abduraimov, xotin-qizlar kengashi raisi H.Jabborovalar bor. Shuningdek, fakultet dekanlari va dekan o‘rinbosarlari ham yakuniy nazorat jarayonlarini tashkil etishda va adolatli o‘tishida yaqindan ko‘maklashishmoqda.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-01-23 17:06:29 95