SamDCHTI: O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda

Samarqand davlat chet tillar institutida qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Republikasi fuqarolaridan ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda. Buning uchun institutda yetarli darajada imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, kutish joylari, maslahat markazi, savol-javob xonalari, ariza to'ldirish xonalari tashkil etildi. Shuningdek, e'lonlar doskasida kerakli bo'lgan barcha me'zonlar, rasmiy veb-sahifalar, qarorlar, ogohlantirishlar, kerakli bo'lgan hujjatlar ro'yxatlari, o'qishni ko'chirish tartiblari ommaga keng miqiyosida hovola etildi. Shu bilan bir qatorda ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ul ishchi guruh vakillari tomonidan yetarlicha berilgan javoblarga ega bo'lishmoqda.  Hozirda jarayon juda katta qiziqishda davom etib bormoqda. 

Arizalar 2020-yilning 7-fevralidan 15-fevraliga qadar (shu kuni ham) har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi va suhbatlar o‘tkaziladi. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi mezonlarga asosan qabul qilinadi:

  • fuqaroning doimiy yashash manzili (oliy ta’lim muassasasining sig‘imi yoki hududdagi oliy ta’lim muassasalarida tegishli soha bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lmagan holatlarda, istisno tariqasida boshqa viloyatdagi oliy ta’lim muassasasiga tavsiya etilishi mumkin);
  • talaba o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘qishi ko‘chirilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mosligi (bunday yo‘nalish mavjud bo‘lmagan taqdirda, turdosh ekanligi);
  • xorijda talaba o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni asosan sirtqi va kechki ta’lim shakllariga tavsiya etish;
  • talabalar o‘qishini ko‘chirishda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining mavjud imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, jumladan, smenalik koeffitsienti, professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi va boshqalar) inobatga olinadi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi

Hukumat tomonidan qo‘shni davlatlarda ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha boshlangan aksiya talabalarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonning qo‘shni davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari orqali o‘qishni ko‘chirish istagidagi fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatiladi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 4-fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston)dagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilishga ruhsat beriladi.

Unga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan va o‘qishi ko‘chirilishga ruxsat berilgan fuqarolarga o‘qiyotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tegishli hujjatlarni olish bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari orqali amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Qoshni davlatlardagi ozbekistonlik talabalar oqishini respublika OTMlariga imtihonsiz kochiradilar

Talabgorlar 2020-yilning 7-fevralidan 15-fevraliga qadar (shu kuni ham) har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha respublikaning barcha hududlarida tashkil etilgan Hududiy ishchi guruhlarga murojaat qilishlari mumkin.

Hududiy ishchi guruhlar ro‘yxati:

  1. Qoraqalpoqiston Respublikasida Qorapalpoq davlat universiteti;
  2. Andijonda Andijon mashinasozlik instituti;
  3. Namanganda Namangan muhandislik-texnologiya instituti;
  4. Farg‘onada Farg‘ona politexnika instituti;
  5. Sirdaryoda Guliston davlat universiteti;
  6. Jizzaxda Jizzax politexnika instituti;
  7. Samarqandda Samarqand davlat chet tillar instituti;
  8. Qashqadaryoda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
  9. Surxondaryoda Termiz davlat universiteti;
  10.  Buxoroda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
  11.  Navoiyda Navoiy davlat konchilik instituti;
  12.  Xorazmda Urganch davlat universiteti;
  13.  Toshkentda Toshkent davlat texnika universiteti.

Fuqarolardan Hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

  • ariza (joyida to‘ldiriladi);
  • reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi;
  • pasport nusxasi.

Qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston) oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar tahsil olayotgan ta’lim muassasasining mulkchilik shakli (davlat, nodavlat), ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki), ta’lim turi (byudjet, to‘lov-kontrakt) hamda kursidan qat’iy nazar respublika oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida  ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishlari mumkin.

Ko‘chirish bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha bevosita Hududiy ishchi guruhlariga hamda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – (71) 246-38-57;

Sog‘liqni saqlash vazirligi – (71) 241-16-91.

Unutmang! Siz tomoningizdan taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘ri va to‘liq bo‘lgan taqdirda Hududiy ishchi guruhlari tomonidan, albatta, qabul qilinadi.

Ko‘chirishda hech qanday imtihon bo‘lmaydi!

Turli “yordam beradigan” ta’magir va firibgarlarning takliflariga aldanib qolmang.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-02-08 17:10:00 105