Turkiy adabiyotning yirik vakili, turkiy xalqlarning eng buyuk shoiri Alisher Navoiy “Xitoydan to Xuroson” gacha bo‘lgan turkiy qavmlarni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirgan mutafakkirdir. 1441-yilning 9-fevrali (hijriy 844-yil ramazon oyining17-kuni) da Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo shohligi davrida Hirotda dunyoga keldi.
Joriy yilning 9-fevral sanasida Navoiy tavalludining 579 yillik munosabati bilan Samarqand shahridagi Yoshlar istirohat bog’ida qad ko‘targan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda barcha OTMlari, jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
Men jahondin kechtim-u kechmas mening jonimdin el,
Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el.
To’sh-to’shimdin baski rasvolig’ o’ti lov-lov yonar,
Har ta’rif yo’ldin chiqarlar o’lsalar yonimdin el.
Share:
2020-02-10 09:45:00
106
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain







