Roman-german tillari fakultetida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlangan «Bobur kabi seving Vatanni!» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilishida “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasining birinchi bosqich talabalari alohida tashabbus ko‘rsatishdi.
Ushbu tadbirda Zahiriddin Muhammad Boburning avlodlarga qoldirgan ma’naviy me’rosidan turli xil she’riy tuhfalar o‘qildi va Bobur hayotidan tarixiy lavhalar namoyish etildi. Shuningdek, Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina savollari ham ishtirokchilarda jo‘shqin qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir so‘ngida tadbir tashkilotchilari, ya’ni 106 va 128-guruh talabalari, jumladan, viktorina g‘oliblari faxriy yorliqlar va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
SamDCHTI matbuot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain










