Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorning lavozim vazifalari:
- Institutning xalqaro faoliyatini rivojlantirish va xorijiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlikning xalqaro sohadagi qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlash;
- Xalqaro shartnomalar, bitimlar va protokollarni ko‘rib chiqish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
- Xorijiy hamkorlar bilan seminar, konferensiya va ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish;
- Professor-o‘qituvchilar, xodim va talabalarning xorijiy safarlari, stajirovka, malaka oshirish va almashinuv dasturlarini muvofiqlashtirish;
- Xalqaro va donor tashkilotlar, Yevropa Ittifoqi va boshqa fondlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qilish, hisobotlar tayyorlash;
- Xalqaro grantlar va loyihalar bo‘yicha axborot jamlash, loyihalar ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash;
- Xorijiy fuqarolarni o‘qitish, valyuta tushumlari va hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish;
- Institut veb-saytida xalqaro faoliyat bo‘yicha axborot va yangiliklarni doimiy yangilab borishga ko‘maklashish.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
